YXHT elchilari Markaziy Osiyoga tashrif buyurmoqda
2019 yil 6 dan 11 oktyabrgacha YXHTning yigirma bitta doimiy vakillaridan iborat guruh Tojikiston, Qozog'iston va O'zbekistonga tashrif buyurib, YXHTning har uch mamlakat bilan hamkorligini kuchaytirishni qo'llab-quvvatlashlarini tasdiqlab o’tishdi.
Elchilar Dushanbe, Nur-Sulton va Toshkent va Samarqandda yuqori darajadagi hukumat amaldorlari va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashdilar. Uchrashuvlar chog'ida ular YXHTning Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlashdagi ishtirokini muhokama qildilar va ushbu mamlakatlarning ustuvor yo'nalishlari va ehtiyojlari to'g'risida fikr almashdilar.
7 oktyabr kuni Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan bo'lib o'tgan muzokaralarda chegara xavfsizligi va terrorizmga olib keladigan zo'ravon ekstremizm va radikalizatsiya bilan kurashish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek Dushanbeda elchilar YXHTning Dushanbedagi Dasturlar idorasi tomonidan tashkil etilgan Chegaralarni boshqarish bo'yicha kollejning 10 yilligiga bag'ishlangan ko'rgazmaga tashrif buyurishdi. 2009 yilda ochilganidan beri YXHTning 45 ta davlatidan 3000 dan ortiq chegara xavfsizligi vakillari va 9 ta hamkorlik bo'yicha sheriklar ushbu YXHTning xalqaro miqyosda tan olingan o'quv yurtida mashqlarida ishtirok etishdi.
Qozog‘istonda elchilar Qozog‘istonning Axborot va ijtimoiy rivojlanish vaziri Dauren Abayev, Oliy sudning ixtisoslashgan sud hay'ati raisi Aigul Qidirboeva, Qozog‘istonda inson huquqlari bo‘yicha komissari Elmira Azimova va Qozog‘iston xalqlari assambleyasi raisining o‘rinbosari Janseit Tuimebaev bilan uchrashdilar.
Ular 9 oktyabr kuni Nur-Sultonda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) va Qozog'iston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Afg'oniston va YXHT: sheriklik va hamkorlik uchun imkoniyatlarni yaratish” mavzusidagi davra suhbatida qatnashdilar.
Ushbu tadbirning maqsadi 2003 yildan beri YXHTning Osiyo bo'yicha hamkori bo'lgan Afg'oniston bilan hamkorlikni kuchaytirish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar qanday qilib birgalikda ishlashi mumkinligi to'g'risida mazmunli munozaraga yordam ko’maklshish edi.
Shuningdek davra suhbati, YXHTning mamlakat bilan hamkorligiga bag'ishlandi. YXHTning Markaziy Osiyodagi vakolathonalari Afg'oniston ishtirokidagi tadbirlarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadbirlar asosan chegara va bojxona boshqaruvini rivojlantirish va giyoxvand moddalarni va qurollarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishga qaratilgan.
O'zbekistonda elchilar Senat raisi Tanzila Narbayeva, tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Ilhomjon Ne'matov, va Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirza-Ulug'bek Abdusalomov hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashdilar.
Ular, shuningdek, Samarqandda mahalliy jurnalistlar va bloggerlar ishtirok etgan O'zbekistondagi ommaviy axborot vositalari erkinligiga bag'ishlangan davra suhbatida ishtirok etdilar. Tadbir Prezident devoni huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tashkil etildi.
Shuningdek tashrif davomida elchilar YXHTning Dushanbedagi Dasturlar idorasi, O'zbekistondagi loyihalar koordinatori va Nur-Sultondagi Dasturlar idorasi xodimlari bilan uchrashdilar.