YXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori saylovlarni kuzatish bo'yicha o'quv kursiga ham-tashkilotchi bo’lib chiqdi
![](https://www.osce.org/files/imagecache/10_large_gallery/f/images/hires/e/a/489448.png?1623343264)
YXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori Xalqaro saylov tizimlari fondi (IFES) bilan birgalikda 2021 yil 9 va 10 iyun kunlari nogironligi bo’lgan shaxslar uchun saylovlarni kuzatish bo'yicha o'quv kursini tashkil etdi.
O'quv kursi, O'zbekiston Respublikasi tomonidan 2021 yil 7 iyunda ratifikatsiya qilingan nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyani amalga oshirish doirasida, nogironlar tashkilotlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan.
20 ishtirokchilar orasida mahalliy nogironlar tashkilotlari rahbarlari, O'zbekiston nogironlar assotsiatsiya a'zolari va Markaziy saylov komissiya vakillari bo’ldi. Amerika Qo'shma Shtatlari va Ukraina mutaxassislari nogironlar uchun saylovlarni kuzatishda amaliy ko’rsatma va vositalar bilan o'rtoqlashdilar
YXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori missiya rahbari vazifasini bajaruvchi Matyo Lemuan ishtirokchilarni nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasi ratifikatsiya etilgani bilan tabrikladi va bu borada fuqarolik jamiyati davlat idoralari bilan hamkorlikda ishlashning mohiyatini ta'kidlab o’tdi.
O'quv kursi O'zbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan nogironlarga yo’rdam ko’rsatish va ularning huquqlarini himoya qilish dastur o’stida tashkil etildi. Ushbu tadbir 2021 yil oktyabr oyida bo'lib o'tadigan prezident saylovlariga tayyorgarlikning bir qismi bo’ldi.