YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori mahalliy hokimiyatdagi ayol vakillari uchun etakchilik ko'nikmalarni mustahkamlash bo'yicha o'quv kurslarni davom ettirmoqda
2021 yil 19-21 may kunlari YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi mahalliy hokimiyat organlarining 28 nafar ayol vakillari uchun uchinchi o'quv kurslarni o'tkazamoqda.
Targ'ibot va etakchilik ko'nikmalarini mustahkamlash, gender muammolari va kelib chiqish sabablari hamda Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishning barcha shakllarga barham berish to'g'risidagi Konventsiya (CEDAW) bilan tanishish kursning kun tartibiga kiritilgan. Mahalliy, mintaqaviy va milliy darajalarda ayollarning inson huquqlari bo'yicha bilimlarini oshirish, shuningdek, davlatning kamsitishga qarshi kurashish bo'yicha majburiyatlari muhokama qilinadi. Ushbu uchinchi seminar O'zbekistonning barcha mintaqalarida o'tkaziladigan o'quv kurslar doirasida bo’lib o’tmoqda.
Senatning Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qo'mita raisi Malika Qodirxonova seminarni ochilish marosimida quyidagilarni ta'kidladi: "Mamlakatning ustuvor yo'nalishlaridan biri bu ayollarning boshqaruv va jamiyatdagi rolini kuchaytirishdir".
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatorning vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi Xans-Ullrix Ihm kirish so'zida, YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori va YXHT institutlari O'zbekiston Respublikasi 2020–2030 yillarda gender tengligiga erishish to’g’risidagi milliy strategiyani amalga oshirish uchun barcha zarur yordamni berishga tayyorligini aytdi. “Ayollarning yetakchilik va qaror qabul qilishda faol ishtirokini rag'batlantirish bizning yana bir ustuvor vazifamizdir. Biz siyosatga kirib kelayotgan ayollarni qo'llab-quvvatlash uchun salohiyatni oshirish va maslahat dasturlarni bir necha yillardan beri amalga oshirib kelamiz”.
Ushbu o'quv kursi YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatorining mamlakatdagi ayollarning jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy ahamiyatini kuchaytirish bo'yicha ko'p yillik majburiyatlarining turkumiga kiritilga. Seminarlar Finlyandiya va Norvegiya hukumatlari tomonidan byudjetdan tashqari moliyalashtirilgan "O'zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasini qo'llab-quvvatlash" loyiha doirasida o’tkazilmoqda.