YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori odam savdosining oldini olish bo'yicha eng yaxshi ssenariy uchun mukofotni taqdim etdi
2021 yil 22 aprelda YXHTning Insoniylik mezoni katta maslahatchisi Mat’ye Lemuan odam savdosiga qarshi kurash haqida animatsion videorolik yoki qisqa metrajli filmning eng yaxshi ssenariysi tanlovi g'olibi Respublika Ijtimoiy Axborot Markazining Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha mutaxassisi Muattarxon Burxonovaga planshet sovg'a qildi.
Tanlov "Internet: o'zingizni qanday himoya qilish kerak?" mavzusiga bag'ishlangan edi va 2020 yil 18-noyabrdan 2-dekabrgacha bo'lib o'tdi.
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurash Milliy komissiya hamda Bola huquqlari bo'yicha Ombudsman bilan birgalikda "O'zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashishning milliy institutsional asoslarini yanada rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash" loyihasi doirasida tanlovni e'lon qilgan va g'olibni tanlagan.