O'zbekistonda ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi mavqeini kuchaytirish
2021 yil 17 va 18 fevral kunlari ayollarning siyosiy va biznes salohiyatini rivojlantirish, ularning kasbiy mahorati va yetakchilik qobiliyatini kengaytirish mavzusida davra suhbati YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida uyushtirildi. Aralash shaklda o'tkazilgan tadbir Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo’yicha qoʻmitasi bilan birgalikda tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan, shu jumladan, Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiya a'zolari, davlat idoralari mas'ullari, siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalarning ellikdan ortiq ishtirokchilari qatnashdi. Ayollarning siyosiy sohalarda ishtirokini oshirish va tadbirkor ayollarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, hamda, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga oid maslalarga alohida e'tibor qaratildi.
O'zining ochilish nutqida Qoraqalpog'iston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirning birinchi o'rinbosari Mariyam Ahmedova quyidagilarni ta'kidladi: "Ijtimoiy tenglikka erishish - mamlakatda ijtimoiy rivojlanish darajasi va uning iqtisodiy salohiyati nuqtai nazaridan murakkab va uzoq jarayondir". Shuningdek, O'zbekiston hukumati ayollarning turli sohalarda ishtirokini kuchaytirish, ularning imkoniyatlarini kengaytirish va ijtimoiy mavqeini oshirishga qaratilgan uzoq muddatli davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga katta e'tibor qaratayotganini ta'kidladi.
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor ochilish nutqida ushbu sohalarga oid YXHTning bir qator majburiyatlari borligini ta'kidladi. “YXHT tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta'minlash uchun ayollar va erkaklar teng huquqlili bo’lishi lozim. Bu majburiyatlar, xususan, ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularga ish o'rinlari yaratish, rahbarlik lavozimlarga tayyorlash va davlat boshqaruvidagi rolini oshirish bilan bog'liq», dedi elchi MakGregor.
Davra suhbati Finlyandiya va Norvegiya hukumatlarining moliyaviy ko'magi hamda YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatorining "O'zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasini qo'llab-quvvatlash" bo’yicha byudjetdan tashqari loyihasi va mamlakatga uzoq yillik ko'mak berish, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotda ayollarning rolini targ'ib qilish bo'yicha olgan majburiyatlarning doirasida tashkil etildi.