Ayollar, tinchlik va xavfsizlik bo'yicha milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish mavzusi, YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori diqqat markazida
2020 yil 18-dekabr kuni YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori "Ayollar, tinchlik va xavfsizlik bo'yicha milliy harakatlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish: eng yaxshi amaliyot va xulosalar" mavzusida xalqaro davra suhbati o'tkazdi.
Onlayn tadbir YXHT Kotibiyatining gender masalalari bo'yicha dasturi, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markaz va O'zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash komissiyasi tomonidan tashkil etildi.
Albaniya, Gruziya va Irlandiya xalqaro mutaxassislari ilg'or tajribalari bilan o'rtoqlashdilar va BMT Xavfsizlik Kengashining 1325-sonli rezolyutsiyasi bo'yicha ishlab chiqilgan milliy harakat rejasi, shuningdek, ayollar, tinchlik va xavfsizlik bilan bo’g’liq bo'lgan munosabatlari to'g'risida ma'lumot berdilar.
Davra suhbati davomida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markaz va O'zbekiston fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari 1325-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq milliy harakat rejasi loyihasini ishlab chiqish bo'yicha o'zlarining tajribalarini taqdim etdilar.
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov shunday dedi: "Ayni paytda, O'zbekistonda qonunchilikka muvofiq, har bir qonun loyihasi gender ekspertizasidan o'tishi kerak".
YXHTning gender masalalari bo'yicha bosh maslahatchisi Amarsanaa Darisuren shunday ta'kidladi: “Bugungi davra suhbati, YXHT va boshqa mintaqalari mutaxassislari bilan muhokama qilish va fikr almashish, shuningdek, ayollar, tinchlik va xavfsizlik dasturni amalga oshirish masalalarini batafsil o'rganish, ayniqsa, O'zbekiston va YXHT boshqa ishtirokchi davlatlari uchun foydalidir».
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor shunday dedi: “Men O'zbekistonda ayollar, tinchlik va xavfsizlik bo’yicha milliy rejani amalga oshirishga e’tibor berilganidan xursandman. Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo’lida ayollarning milliy, mintaqaviy va global darajalarida to'liq, teng va mazmunli ishtirok etishi zarurligiga shubha qilmayman».
Tadbirda tegishli huquqiy va siyosiy asoslarni muhokama qilish va ayollar, tinchlik va xavfsizlik siyosatini amalga oshirish bo'yicha O'zbekiston va boshqa YXHTga a'zo davlatlar mutaxassislari o'rtasida ilg’or amaliyotni o’rganish uchun qulay zamin yaratildi.