O'zbekistondagi nogiron shaxslar uchun sud-huquq tizimidan teng va erkin foydalanish imkoniyati bo’yicha jamoat muhokamasi bo’lib o’tdi
![](https://www.osce.org/files/imagecache/10_large_gallery/f/images/hires/9/9/473676.png?1608026910)
2020-yil, 14- dekabrda YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori, O'zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi bilan birgalikda nogiron shaxslar uchun sud-huquq tizimidan teng foydalanish imkoniyatlari masalasida, onlayn shakldagi jamoat muhokamasi bo'lib o'tdi.
Tadbir, nogiron shaxslar uchun sud-huquq tizimidan foydalanish bo'yicha xalqaro standartlar va tajriba, hamda O'zbekistonning milliy amaliyotiga bag'ishlangan ikki qismdan iborat edi. Latviya, Estoniya va Qozog'istonlik xalqaro ekspertlar sud-huquq tizimidan foydalanish sohasida yangi standartlar, shuningdek, nogiron ayollar va bolalar huquqlari bo'yicha o'z bilimlari va tajribalari bilan o'rtoqlashdilar.
Tadbirni ochar ekan, YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor shunday dedi: “Biz hammamiz nogiron shaxslarning huquqlarini ilgari surish va himoya qilishga mas’ulmiz. 2017-2021 yillarda O'zbekistonning Harakatlar Strategiyasining ko'plab ustuvor yo'nalishlari, shuningdek, YXHTning qator majburiyatlari ushbu mavzu bilan bog'liq. Bugungi tadbirni tashkil etish - bu O'zbekistondagi nogiron shaxslarning inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha qat'iy yondashuvning yorqin dalilidir. "
Tadbirda 44 dan ortiq ishtirokchilar, shu jumladan mamlakatimizning barcha hududlaridagi nogironlarlar NTTlari a'zolari, O'zbekiston Ombudsman instituti Kotibiyati, Bolalar huquqlari bo'yicha Ombudsman instituti va O'zbekiston Oliy sudi vakillari ishtirok etishdi.