O'zbekistonda Xalqaro inson huquqlari kuni nishonlanmoqda
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori va O'zbekiston Inson huquqlari bo’yicha Milliy markazi birgalikda Inson huquqlari kuni munosabati bilan aralash shakldagi tadbir egalari bo’lishdi. Xalqaro inson huquqlari kuni har yili BMT Bosh Assambleyasi 1948 yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini qabul qilgan kuni 10 dekabrda nishonlanadi.
Toshkent shahrida bo’lib o’tgan tadbirda 140 dan ortiq ishtirokchilar shaxsan va onlayn tarzda qatnashdi. Yig’ilishda parlament, davlat organlari, yoshlar va fuqarolik jamiyati vakillari, shuningdek, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdilar. Muhokamalarda COVID-19 pandemiyasi va bu yilgi Inson huquqlari kunining asosiy mavzusi bo'lgan inson huquqlarini tiklash harakatlari diqqat markazida bo'lidi.
Tadbir davomida "Inson huquqlari himoyasi uchun" mukofot g'oliblari aniqlandi. Mukofotni tashkillashtirgan O'zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo'yicha Milliy markazi direktori, professor Akmal Saidov g'oliblarni tabrikladi. Mukofot uchun kurash inson huquqlari sohasidagi amaliy ishlarni uchun; nodavlat sektordagi inson huquqlari faoliyati; ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish; inson huquqlari bo'yicha targ'ibot va ta'lim faoliyati va inson huquqlari to'g'risida hisobot berish; inson huquqlari sohasidagi ta'lim va tadqiqot ishlari va inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish nominatsiyalar o’rtasida bo’lib o’tdi.
Yuqorida ko'rsatilgan nominatsiyalar bo’yicha g'oliblikni quyidagilar qo’lga kiritdi:
Sobiq Ombudsman Sayyora Rashidova va Fuqarolarning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash markazi direktori Dilovar Kabulova;
Odam savdosiga qarshi kurashish "Istiqbolli avlod" nodavlat tashkiloti va Mahmudjon Isaev;
Respublika "Sabr" ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi va nogiron yoshlar va bolalar markazi;
"Vodiynoma" jurnali bosh muharriri Rustambek Shamsutdinov va O'zbekiston Milliy axborot agentligining siyosat va yangiliklar tahririyati qonunchilik, huquqiy targ'ibot va korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi boshlig'i Nargul Abdreymova;
Toshkent davlat yuridik universiteti professori Halimbay Babaev va O'zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo'yicha milliy markazining bo'lim boshlig'i Abdulxay Mo'minov (vafotidan keyin);
Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo'yicha vakili Tatyana Moskalkova pandemiya paytida muhojirlarning huquqlarini himoya qilishda samarali faoliyati uchun va Germaniya Federativ Respublikasi sobiq adliya vaziri Herta Doybler-Gmelin O’zbekistonda adolat, inson huquqlari va korrupsiyaga qarshi kurash harakatlari uchun.
Taqdirlash komissiyasining a'zosi bo'lgan YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor barcha g'oliblarga minnatdorchiligini bildirdi va "Bu yil inson huquqlariga oid xalqaro standartlar ijrosini O'zbekistonda targ’ib qilishda ko'p mehnat qilgan insonlar bilan uchrashganimdan faxrlanaman" dedi.