YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori nogironlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha qator tadbirlarni davom ettirmoqda
![](https://www.osce.org/files/imagecache/10_large_gallery/f/images/hires/0/e/472548.jpg?1607074842)
2020 yil 2 va 3 dekabr kunlari YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori nogironlar huquqlariga oid aralash shaklda ikkita tadbir o'tkazdi. Birinchi kuni bo'lib o'tgan yig’ilishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasini O'zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilish masalasi muhokama qilindi. Tadbirda parlamentning har ikki palata vakillari va Estoniya, Latviya va Qozog'iston davlatlarning xalqaro ekspertlari qatnashdi.
Ikkinchi kuni Xalqaro nogironlar kuniga bag'ishlangan "Yanada yaxshiroq qilish: O'zbekistonda COVID-19 davrdan keyin nogironlar ishtirokida inklyusiv, ochiq va barqaror jamiyatni qurish" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
3 dekabr kuni bo'lib o'tgan tadbir O'zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, "Sharoit plyus" nodavlat tashkiloti, UZReport telekompaniyasi, "Zamin" xalqaro jamg'armasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi va BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy Komissarning Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy vakolatxonasi birgaligida tashkil etildi.
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor, YXHTning nogironlarning huquqlariga oid majburiyatlarini eslatdi va 1991 yilgi Moskva hujjatida, qatnashuvchi davlatlar tomonidan inson huquqlarini ta'minlash, nogironlarning jamiyat hayotida to'liq ishtirok etish uchun teng imkoniyatlarni yaratish choralari to'g'risidagi qaror qabul qiliganligini takidladi.
“Bugungi tadbir nogironlar huquqlari to'g'risidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining konvensiyasini O'zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilish imkoniyatlari yuzasidan o’tkazilayotgan birinchi tadbir emas. Hukumatning bu borada erishilgan muayyan yutuqlarini e'tirof etishimiz kerak, ammo hali oldinda qilinadigan ishlar bor. Ushbu tadbirning tashkil etilishi O'zbekistonda nogironlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha qat'iy yondashuv borligini yaqqol ko’rsatib bermoqda» - dedi MakGregor.
Tadbirlar YXHTning «O'zbekistonda nogironlar huquqlarini himoya ta targ’ib qilishga ko'maklashish» loyihasi doirasida o’tkazilmoqda.