YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori ayollarning etakchilik qobiliyatini mustahkamlash bo'yicha o'quv kursini boshladi
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori 2020 yil 30 noyabrdan 4 dekabriga qadar Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari mahalliy hokimiyat organlarining 18 nafar ayol vakillari uchun ikkinchi o'quv kursini o'tkazmoqda.
Ushbu kurs O'zbekistonning barcha hududlarida o'tkaziladigan qator treninglarning ikkinchisidir. Trening etakchilik ko'nikmalarini takomillashtirish va ayollarning inson huquqlariga oid bilimlarini mahalliy, mintaqaviy va milliy darajada oshirish, ayollarga nisbatan kamsitilishning barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi Konvensiyaning (CEDAW) kontseptual asoslari va davlat majburiyatlaridan kelib chiqib, huquqlarni himoya qilish kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
Ushbu treningni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qo'mitasi raisi Feruza Eshmatova ochib berdi. O'zining ochilish nutqida u "YXHT majburiyatlari mamlakatning ustuvor yo'nalishlariga to'liq mos kelishini, shu jumladan ayollarning jamiyatdagi rolini oshirishda ayollarning boshqaruv ko’nikmalarini kuchaytirish lozim ekanligini” ta'kidladi.
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori rahbari Jon MakGregor shunday dedi: "YXHT tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta'minlash uchun ayollar va erkaklar teng huquqliligi muhimligini tan oladi". Shuningdek, uning ta'kidlashicha, YXHT O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayollar masalalarini ilgari surish bo'yicha so'nggi bayonotlarini qullab-quvvatlaydi.
Ushbu trening Finlyandiya va Norvegiya hukumatlarining moliyaviy ko'magi bilan YXHTning "O'zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo'mitasini qo'llab-quvvatlash" byudjetdan tashqari loyihasining bir qismidir.
Loyihani amalga oshirish davomida (2019-2021 yillar) mahalliy hokimiyat organlarining ayollar vakillari uchun quyidagi mavzular bo'yicha bir qator treninglar tashkil etiladi: boshqaruvdagi ayollarda etakchilik ko'nikmalarini takomillashtirish va ayollarning inson huquqlariga oid bilimlarini mahalliy, mintaqaviy va milliy darajada oshirish, ayollarga nisbatan kamsitilishning barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi Konvensiyaning (CEDAW) kontseptual asoslari va davlat majburiyatlaridan kelib chiqib, huquqlarni himoya qilishdan iborat.