YXHT O'zbekistonda bo’lib o’tgan “Zamonaviy harbiy nizolar va ularning oldini olish yo'llari” mavzusidagi xalqaro konferensiyani qo'llab-quvvatladi
YXHT yondashuvi bilan tashkillashtirilgan "Zamonaviy harbiy nizolar va ularning oldini olish yo'llari" mavzusidagi xalqaro konferensiyasi 2020 yil 4 va 5 noyabr kunlari aralash formatida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida bo'lib o'tdi.
Konferensiya xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo'yicha fikr va tajriba almashish uchun zamin yaratdi. Zamonaviy harbiy nizolarning yangi shakllari, transmilliy tahdidlarga qarshi kurashning samarali mexanizmlari, shuningdek, xorijiy universitetlar va tadqiqot markazlari o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari o'rganilib muhokama qilindi.
Ilmiy konferensiyaning materiallari va takliflari zamonaviy harbiy nizolarda harbiy san'atni rivojlantirishning ilg'or tajribalarini va yangi tendentsiyalarni, o'quv jarayonidagi innovatsion usul va yondashuvlarni o'rganishga, bilimlarni kengaytirish va harbiylarni shaxsiy tarkibni kengaytirishga yordam beradi.
“2017 yil dekabr oyida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining harbiy doktrinasi O'zbekiston kelajagiga katta hissa qo'shadi. YXHTning 57 ta ishtirokchi davlatlar islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini qo'llab-quvvatlash zarurligini angladilar va O'zbekistonda bo’layotgan o’zgarishlar va harakatlarga tarixiy voqea nazari bilan qarashmoqda. Bugungi tadbir - O'zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasi va YXHT o'rtasidagi samarali hamkorlikning yorqin namunasidir ”, - dedi O'zbekistondagi loyihalar koordinatori Jon MakGregor.
300 dan ortiq qatnashchilari, jumladan Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya Federativ Respublikasi, Polsha, Ukraina, Hindiston, Italiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi harbiy ta’lim mutaxassislari, shuningdek, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi, Shanxay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy aksilterror tuzilmasi, Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti, Jorj Marshall nomidagi xavfsizlik masalalarini oʻrganish boʻyicha Yevropa markazi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari anjuman guvohi bo’lishdi.