Odam savdosiga qarshi kurashda milliy qayta yo'naltirish mexanizmlarning o'rni - YXHTning O'zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatning e’tibor markazida bo’ldi
2020 yil 29 oktyabr kuni bo'lib o'tgan davra suhbatida, odam savdosiga qarshi kurashish uchun milliy qayta yo'naltirish mexanizmlarni joriy etishning muammolari, o'lingan saboqlar va ilg’or tajribalar muhokama qilindi. Aralash formatdagi tadbir YXHTning O'zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi tomonidan YXHT/Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (DIIHB) va Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo'yicha milliy komissiya hamkorlikda tashkil etildi.
Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo'yicha milliy komissiya, Ichki ishlar vazirligi va fuqarolik jamiyati vakillari odam savdosiga qarshi kurashish va jabrdiydalariga yordam berish bo'yicha milliy qonunchilik va siyosatga oid muhim masalalar yuzasidan fikr bildirishdi.
"Odam savdosi to'g'risida so’z borganda, biz ko’proq huquqni muhofaza qilish organlari, prokuratura va jinoiy odil sudlov tizimini tushunamiz. Aslida, jabrdiydalar huquqlarini himoya qilishning muhim jihati, jinoiy odil sudlov tizim doirasida va boshqa sahalarda ham kam e'tiborn qaratilmoqda», - dedi YXHTning O'zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Jon MakGregor.
“Shuning uchun odam savdosi qurbonlarni himoya qilish bo'yicha xalqaro inson huquqlari standartlariga mos keladigan siyosatni kuchaytirish muhimdir. Yaqinda, O'zbekiston hukumatining iltimosiga binoan, YXHTning loyihalari muvofiqlashtiruvchisi DIIHB bilan hamkorlikda odam savdosi qurbonlari yuzasidan Milliy qayta yo’naltirish mexanizmning YXHT majburiyatlari va inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlariga muvofiqligini oshirish uchun Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo'yicha milliy komissiyaga maslahatlar bilan yordam berdi. Milliy qayta yo’naltirish mexanizm to'g'risidagi siyosiy hujjat va berilgan tavsiyalar O'zbekiston hukumatiga taqdim etilishga tayyor va men bundan juda mamnunman”.
Muhokama davomida Buyuk Britaniyaning Qullikka qarshi mustaqil komissar boshqarmasi, Bolgariyaning odam savdosiga qarshi kurash bo'yicha milliy komissiyasi, Ruminiyaning Odam savdosiga qarshi milliy agentligi va Shvetsiyaning gender tengligi masalalari bo’yicha agentlik mutaxassislari o'zlarining tajribalari bilan o'rtoqlashdilar.