YXHT O'zbekiston media trenerlar uchun notiqlik san’atini o'rganish bo'yicha trening tashkil qilmoqda
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori (PCUz) Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda 2020 yil 19-22 oktyabr kunlari O'zbekiston media trenerlar va boshqa OAV vakillarning mahoratini oshirish uchun o'quv kursini tashkil qilmoqda.
Kurs dasturi 6 bo'limdan iborat bo'lib, media trenerlarga omma oldida nutqga tayyorgarlik, nutqning tuzilishi, nutq texnikasi, nutqni taqdim etish usullari, harakat muloqoti va psixologik uslublar kabi mavzularni o'rganish va muhokama qilish imkoniyatini beradi. Dastur davomida ishtirokchilar tajriba almashib o'z mahoratlarini yangilab olishadi.
"Bugungi trening PCUz va jamoat fondi tomonidan O'zbekiston jurnalistlar va blogerlarning malakasini oshirish uchun hamkorlikda tashkillashtirilgan bir qator tadbirlarning so'nggisidir", - dedi YXHTning loyiha maslahatchisi Richard Uiller.