YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan COVID-19 haqidagi dezinformatsiyaga qarshi kurash uchun infomediya vositalar to'plami ishlab chiqildi
![](https://www.osce.org/files/imagecache/10_large_gallery/f/images/hires/1/2/464100_0.jpg?1600436324)
TOSHKENT, 2020 yil 18-sentyabr - YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan (PCUz) ommaviy axborot vositalari mutaxassislari uchun COVID-19 bilan bog'liq uydirma va soxta ma'lumotlarga qarshi kurashish uchun infomediya vositalar to'plami yaratildi. Mazkur platforma o'zbek, rus va ingliz tillarida mavjud.
Vositalar to'plami Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va "Radio Nederlandiya" o'quv markazi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Ushbu to’plam O'zbekistondagi jurnalistlar va blogerlarga COVID-19 inqirozi haqida axborotni yoritishda yordam beradi, yolg'on ma'lumotni aniqlash, unga qarshi kurashish va pandemiya to'g'risida xabarni to'g'ri yetkazib berish vositalarni taqdim etadi.
Keng tarqalgan COVID-19 pandemiya natijasida ilmiy ma'lumotlar va yangi koronavirusni tushunish uchun xalqaro miqyosda katta urinishlar yuzaga keldi. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida noto'g'ri va soxta yangiliklar tarqalishi ko'paydi. Ushbu xavotirli va xavfli tendensiya qo'rquvni keltirib sog'liqni saqlash yo’lidagi harakatlarga futur yetkazyapti.
Infomediya haqida vositalar to’plami video, havola va manbalardan iborat besh qismni o'z ichiga olgan bo’lib, ular jurnalistlarga yolg’on ma'lumotlarni aniqlash va jamoat bilan yaqinroq aloqada bo'lishga yordam beradi. Vositalar to'plamning "Debunkers ma'lumotlar bazasi" ommaviy axborot vositalari mutaxassislariga fosh qilingan soxta yangiliklarni baham ko'rish imkoniyatini beradi.
PCUz O'zbekistondagi ommaviy axborot vositalari vakillari to'plamdagi material va manbalardan foydalangan holda COVID-19 to'g'risidagi haqiqiy va aniq ma'lumotlarga ega bo’lishga va dezinformatsiyani keng tarqalib ketishning oldini olishga muvaffaq bo’lishadi deb umid qiladi.