YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan jurnalistika sohasidagi yangi tamoyillarga oid trening ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkillashtirildi
![](https://www.osce.org/files/imagecache/10_large_gallery/f/images/web/6/9/460555.png?1597755230)
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ko'magida 2020 yil 18-20 avgust kunlari O'zbekiston jurnalistlari, bloggerlari va boshqa ommaviy axborot vositalar vakillarning malakasini oshirishga qaratilgan onlayn mediatrening tashkillantirilmoqda.
"Jurnalistning raqamli formatdagi ish faoliyati: ijtimoiy tarmoqlar va bloging, koronavirus va o'zini yakkalash, tashqi va ichki bosim” mavzusidagi onlayn media trening O'zbekiston media hamjamiyatni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shma loyiha doirasida o’tkazilmoqda. Loyihaning maqsadi - jurnalistlar va bloggerlarning malakasini oshirish, O'zbekistondagi yangiliklar va axborot oqimi sifatini yaxshilash kabi yo’nalishlarga yordam berishdan iborat. Uch kun davomida ishtirokchilar treningda qatnashib tajriba almashish va malaka oshirish imkoniyatiga ega bo'ladilar
YXHTning loyiha maslahatchisi Richard Uiller “Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari - demokratik jamiyatning asosiy poydevori hisoblanadi. YXHT jurnalistlarni qo'llab-quvvatlash va o'quv seminarlarni o’tkazish yo’li bilan ommaviy axborot vositalarni rivojlanish majburiyatini o'z zimmasiga olgan"- deb takidladi.
Tadbir jarayonida ommaviy axborot vositalarining iste'moli va media manzaraning o'zgaruvchan tamoyillari, ommaviy axborot vositalar va ijtimoiy tarmoqlarga nazar, soxta faktlar qaerdan kelib chiqishi va odamlar nima uchun ularga ishonishi, samarali storytelling, raqamli texnologiyalar davri va pandemiya sharoitida tahririyat faoliyati kabi mavzular ishtirokchilarining e’tibori va muhokama markazida bo'ladi.