DIIHB O‘zbekistonda saylov kuzatuv missiyasini boshlaydi
Toshkent,25 Sentabr- YXHT ning Demokratik Institutlar va Inson Huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) bugun milliy hukumat taklifiga binoan 27 Oktabr kuni bo’lib o‘tadigan O‘zbekistondagi parlament saylovlarini kuzatish missiyasini boshladi.
Missiyaga Duglas Veyk boshchilik qiladi, asosiy guruh Toshkentda joylashgan 14 nafar xalqaro ekspert va 26 nafar uzoq muddatli kuzatuvchidan iborat bo‘lib, ular 2 Oktyabrdan butun mamlakat bo‘ylab joylashtiriladi. Shu bilan birga, DIIHB 300 nafar qisqa muddatli kuzatuvchilarni saylov kunidan bir necha kun oldin kelishlarini so'raydi.
Missiya saylovning YXHT va boshqa xalqaro majburiyatlariga va demokratik saylovlar standartlariga, shuningdek, milliy qonunchilikka muvofiqligini baholaydi.
Kuzatuvchilar saylovning barcha jabhalari, jumladan, saylovdan oldingi va keyingi voqealarni diqqat bilan kuzatib boradi. Aynan huquqiy bazani hayotga tadbiq etish, saylovoldi tashviqotini ijtimoiy tarmoqlarda yoritib berilishi, barcha darajadagi saylov boshqaruvi organlarining faoliyati, saylovdagi nizolarni hal etish va ommaviy axborot vositalarida yoritish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Kuzatuvchilar DIIHB ning saylovga oid avvalgi tavsiyalarining bajarilishini ham baholaydilar.
Davlat hokimiyati organlari, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari va xalqaro hamjamiyat vakillari bilan uchrashuvlar kuzatuvning ajralmas qismini tashkil etadi.
Saylovdan keyingi kun missiyaning dastlabki xulosalari matbuot anjumanida taqdim etiladi. Butun saylov jarayonini baholash va tavsiyalarni o'z ichiga olgan yakuniy hisobot saylovdan bir necha oy o'tgach e'lon qilinadi.
Matbuot bilan aloqa uchun:
Katya Andrusz, DIIHB matbuot kotibi:
+48 609 522 266
Pietro Tesfamariam, OAV-tahlilchi:
+998 90 098 9415