DIIHB O‘zbekistonda saylovlarni kuzatish bo'yicha missiyasini ochdi
TOSHKENT, 2023-yil 8-iyun – YXHTning Demokratik Institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (DIIHB) O'zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy taklifiga binoan, 9-iyul kuni bo'lib o'tadigan muddatidan ilgari prezident saylovlarini kuzatish bo'yicha missiyasini ochdi.
Missiyani elchi Ursula Gachek boshqaradi. Missiya Toshkentda joylashgan asosiy jamoadan iborat 11 ta xalqaro ekspert va 14 iyundan boshlab butun mamlakat bo'ylab joylashtiriladigan 24 ta uzoq muddatli kuzatuvchilarni o'z ichiga olgadi. DIIHB, shuningdek, saylov kunidan bir necha kun oldin keladigan 250 ta qisqa muddatli kuzatuvchilarni so'rashni rejalashtirmoqda.
Missiya saylovlarni YXHT majburiyatlari va demokratik saylovlar uchun boshqa xalqaro majburiyatlar va standartlarga, shuningdek milliy qonunchilikka muvofiqligini baholaydi.
Kuzatuvchilar saylov kunidan oldin ham, undan keyin ham saylovning barcha jihatlarini diqqat bilan kuzatib boradilar. Muayyan yo'nalishlar me'yoriy-huquqiy bazani amalga oshirish, kampaniyani o'tkazish, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar, barcha darajadagi saylov komissiyalari faoliyati, saylov nizolarini hal qilish va ommaviy axborot vositalarida yoritish o'z ichiga oladi. Kuzatuvchilar, shuningdek, DIIHBning saylov bo'yicha oldingi tavsiyalarining bajarilishini baholaydilar.
Davlat hokimiyati organlari, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari va xalqaro hamjamiyat vakillari bilan uchrashuvlar kuzatuvning ajralmas qismi hisoblanadi.
Saylovdan keyingi kuni, DIIHBning dastlabki xulosalari matbuot anjumanida taqdim etiladi. Butun saylov jarayonini baholash va tavsiyalar bilan yakuniy hisobot saylovdan bir necha oy o'tgach e'lon qilinadi.
OAV uchun mas'ul:
Katya Andrush, DIIHBning matbuot kotibi: [email protected] yoki +48 609 522 266
Elma Shehalich, saylovni kuzatish missiyasining media tahlilchisi: [email protected]