O'zbekistonda COVID-19 bilan bog'liq transmilliy tahdidlarga qarshi harakatlar
Men Seuldagi Inchxon aeroportida COVID-19 tufayli O'zbekistonga barcha kirish va chiqish havo qatnovlarini bir nech haftaga bekor qilinishiga qadar Toshkentga bo’lgan so'nggi reysning bortga chiqish navbatida diqqat bo’lib turgan edim. Mart oyi oxirlari edi va men Kanadadan qaytayotgan edim. Men COVID-19 transmilliy tahdidining oqibatlari haqida o’ylab, uchib ketayotgan 200 dan ortiq passajirlarning har biri O'zbekiston milliy xavfsizligiga tahdid ko’rsatishi mumkinligini angladim. Har bir odam niqob kiygan va harorati tekshirilgan bo’lishiga qaramasdan, ularning orasida kasallik alomatlarisiz bo'lganlar va shu bois qo'shimcha choralar ko’rilmaganligi uchun, ushbu dahshatli virusni uyiga olib boruvchilar ham bor edi.
Fevral oyidan boshlab bu kabi holat YXHT hududida va butun dunyo bo'ylab tarqalib ketdi, va son-sanoqsiz fuqarolar o'z mamlakatlariga qaytish istagida edi. Shu bilan birga, milliy davlatlar tomonidan virusning tarqalishi bilan bog'liq transmilliy tahdidlarini nazorat qilish maqsadida karantin va o'nlab boshqa turdagi choralar ko’rilayotgan edi.
O’zbekistonga yetib kelgach, barcha yo'lovchilarni Toshkent shahridan uzoq bo’lmagan umumiy karantin markaziga olib borish uchun juda yaxshi muvofiqlashtirilgan harakatlarni guvohi bo’ldim. Bu mart oyning ikkinchi yarmida fuqarolarni karantinda saqlashmaqsadida qurilgan yangi maskan edi. Bu markaz O'zbekistonga kelayotgan barcha insonlar uchun COVID-19 bilan bog’liq transmilliy tahdidini boshqarishda hanuzgacha muhim rol o'ynaydi. Majburiy 10 - 14 kunlik karantin virus tarqalish imkoniyatini keskin kamaytirdi va milliy strategiyaning muhim qismi bo'lib qoldi.
Albatta, Tinch okeani va Sharqiy Osiyoning ustidan parvoz qilish chog’ida menda COVID-19 ning ko'p qirrali ta'sirini bartaraf etishda YXHTning o'rni va aniqrog'i O'zbekistondagi loyihalari koordinatori (PCUz) bu yo’nalishda nima qilish mumkinligi to'g'risida o'ylash uchun ko'p vaqt bor edi.
Aslida, YXHTning O’zbekistondagi loyihalari koordinatori (PCUz) , O’zbekistonda COVID-19 tomonidan transmilliy tahdidni yumshatish uchun, YXHT majburiyatlariga muvofiq ravishda, qanday yordam ko'rsatilishi mumkinligini aniqlash bo'yicha ishlarni allaqachon boshlagan edi. Men Vankuverdan turib, Toshkentdagi PCUz xodimlari bilan birinchi Zoom uchrashuvlarida, dastlab xodimlarning xavfsizligini ta'minlash uchun uydan chiqmasdan ishlashni, keyin esa qanday qilib YXHTning vakolatxonasi sifatida tahdidga qarshi kurashish mexanizmlarni muhokama qildik.
PCUz xodimlari bilan Zoom uchrashuvlari, mening Toshkentga kelganimdan keyin 14 kunlik karantin paytida ham davom etdi. Biz loyiha hamkorlarimizning birinchi darajali ehtiyojlariga e'tibor qaratdik. "Uyda qoling" choralarini nazorat qilib, Toshkent ko'chalarida xizmat qilayotgan va odamlar orasida bo’lgan ichki ishlar xodimlarini zudlik bilan virusdan himoya qilish uchun zarur bo'lgan himoya vositalariga katta ehtiyoj borligini bildik.. Shu jumladan, Ombudsman instituti xodimlari jamiyatdagi eng zaif bo'lgan ayollar va balog'atga etmagan bolalar yopiq muassasalarni monitoring qilish bo'yicha muhim ishlarni davom ettirishlari uchun himoya vositalariga muhtoj edilar. PCUz bu vazifani bajardi va biz bir necha hafta ichida kerakli vositalarni sotib olib, hamkorlarimizga etkazib berdik.
Bizning PCUz ichki muhokamalarimiz va COVID-19 bilan bog'liq transmilliy tahdidlarga qarshi kurashdagi rolimiz qanday bo'lishi kerakligi bo'yicha munozaralar davomida biz odamlarning xavfsizligi va sog'lig'i YXHTning xavfsizlikka qaratilgan keng qamrovli yondashuvining bir qismi deb bildik. Ushbu yondashuv PCUzning COVID-19 inqiroziga qanday munosabatda bo'lishida o'z aksini topdi.
Albatta, PCUz qanday munosabatda bo'lishi kerakligi haqida boshqa ko'plab mulohazalar mavjud. PCUz xodimlari uyda qolib ishlashni (mart oyining o'rtalaridan boshlab to avgust oyining oxirigacha va rejaga ko’ra undan ham uzoq vaqtgacha) davom etar ekan, biz hozirgi loyihalarimizni qanday moslashtirishimiz va YXHTning xavfsizlikka har tomonlama yondashuv zaminida transmilliy tahdidlarga qarshi qanday yangi loyihalarni ko'zda tutish mumkinligini ko'rib chiqdik
Yangi va qayta ko'rib chiqilgan loyihalarning ba'zi qirralari hamkorlar bilan (xalqaro miqyosda, pandemiya davrida tobora kuchayib borayotgn) oilaviy zo'ravonlik qurbonlariga ko'proq resurslar va himoya taqdim etish bo'yicha ish olib borilishi kiradi. PCUz milliy hamkorlar bilan odam savdosiga qarshi kurashda hushyorlikni va ko'makni kuchaytirish bo'yicha harakatlarni amalga oshiryapti. PCUz tomonidan yo'lovchilarni kuzatishda yordam berish uchun Advance Passenger Information (passajirlar tog’risida oldindan ma’lumot olish) tizimini joriy etishga yordam beradigan bir qator yangi harakatlar amalga oshirildi. Shuningdek, biz milliy hamkorlarimiz bilan kichik va o'rta biznes, xususan, tadbirkor ayollarga yordam berishning imkoniyatlarini topishda, ular iqtisodiyotni qayta tiklashga va ko'p asrlar davomida dunyodagi eng kuchli iqtisodiy inqirozdan xalos bo'lish uchun chidamlikni oshirishga yordam beradi.
COVID-19 YXHT va uning ishtirokchi davlatlari uchun nimani anglatishini o'ylar ekanman, biz pandemiyaga qarshi yo’lida YXHT va uning 57 ta ishtirokchi-davlatlari inqiroz davrida har tomonlama va ko'p tomonlama munosabatlarni ta'minlashda muhim rol o'ynashini ko'rsatdik. PCUz O'zbekiston hukumatiga yordam berishning yangi usullarini qidirmoqda va dasturiy ishlarni ushbu yangi voqelik va muammolarga moslashtirish orqali ishonchni mustahkamlash choralarini davom ettirmoqa. Haqiqatan ham, 2020 YXHT keng qamrovli xavfsizlik vazifasi mojarolarga javob berishdan ko'proq narsani qamrab olganligini va odamlarning salomatligi, xavfsizligi va osoyishtaligi YXHT va uning hududiy vakolatxonalari uchun ustuvor vazifa bo'lib qolayotganligini isbotladi.